Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti o‘tkazildi
Germaniyaning Osnabryuke shahrida «O‘zbekiston —Buyuk ipak yo‘li javohiri» nomi ostida O‘zbekiston sayyohlik potensiali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «Jahon» axborot agentligi xabar tarqatdi.
Osnabryuke amaliy fanlar instituti va «Hamburg CTH» sayyohlik firmasi hamkorlikda tashkil etilgan taqdimotda nemis madaniyati bo‘yicha akademik, ekspert va OAV vakillari ishtirok etishdi.
Taqdimot qatnashchilari tadbir davomida O‘zbekistonning sayyohlik sanoati uning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishdi. O‘zbekistonda yildan yilga turistlar tashrifi sonining oshib borayotgani qayd qilib o‘tildi.
Tadbirda O‘zbekiston haqidagi hujjatli film va milliy san'atimiz aks etgan turli press-relizlar, broshyura va bukletlar ishtirokchilarning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi, deb yozadi yuqorida nomi keltirilgan manba.