Gretsiya bosh vaziri Aleksis Tsipras Yevropa uzoq vaqt o‘z ahamiyatini bo‘rttirib keldi, deb hisoblaydi.
Bu haqda u Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tayotgan Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi yig‘ilishida aytib o‘tdi.
“Biz uzoq vaqt mobaynida o‘zimizni dunyoning kindigi deb hisoblab keldik, faqat yaqinlarimizga ishonib keldik”, – ta'kidlab o‘tdi u.
Tsiprasning fikricha, yangi siyosiy kuchlar bugun muhim rol o‘ynamoqda, xalqaro munosabatlar esa ko‘p qutbli xarakter kasb etmoqda.