Jahon | 07:50 / 19.06.2015
2765
1 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya malikasi Kristina sudga garov puli berish uchun Barselonadagi uyini sotib yubordi

Ispaniya qiroli Filipp VI ning singlisi – malika Kristina de Burbon va uning turmush o‘rtog‘i sudga garov puli kiritish uchun o‘zlariga tegishli Barselonadagi hashamatli saroyni sotishga majbur bo‘ldi, deb xabar bermoqda Sky News.

Ular sud hisob raqamiga 2,4 mln yevro to‘lashgan.

Avvalroq qirol firibgarlik bo‘yicha ayblanayotgan singlisi va uning turmush o‘rtog‘ini Palma-de-Malorka gersoginyasi va gersogi unvonlaridan mahrum etgani ma'lum qilingandi.

Malika Kristina sud oldida joriy yilda amalga oshirilgan firibgarlik bo‘yicha javob berishi kerak. Bu yangi Ispaniya tarixidagi qirolning yaqin qarindoshi jinoyat sodir etganlikda gumonlanib sudga chaqirilayotgan ilk holat bo‘lmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish