14:08 / 19.06.2015
1528

Malayziya qaroqchilar tomonidan qo‘lga olingan tankerni ozod qildi

Malayziya harbiy dengiz kuchlari 11 iyun kuni qaroqchilar tomonidan qo‘lga olinib, Kambodja sohillariga haydab ketilgan Orkim Harmon tankerini ozod qildi.
O‘tkazilgan harbiy amaliyot natijasida ekipajning barcha 22 a'zosi ozod qilindi. Ulardan faqat bittasi yengil jarohat oldi.
Qaroqchilar kemani tark etib, puflama qayiqda qochib ketishgan. Ayni paytda tanker Malayziyaga qaytib kelmoqda.

Top