14:05 / 19.06.2015
1363

Novosibirskning Tolmachevo aeroportida yong‘in chiqdi

19 iyun kuni ertalab Novosibirskning Tolmachevo xalqaro aeroportining ichki avialiniyalar terminalida yong‘in chiqdi, deb Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Novosibirsk viloyati bo‘yicha bosh boshqarmasi matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda “TASS” axborot agentligi xabar bermoqda.

“Yong‘in haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan 9:41 da kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga kelgach, binodan tutun chiqayotganini ko‘rishgan”, – deb aytmoqda boshqarmaning matbuot kotibi Maksim Bogatirev.

Yong‘inni o‘chirishda 6 o‘t o‘chiruvchi ishtirok etdi va ikkita o‘t o‘chirish mashinasidan foydalanildi.

Aeroportning ushbu terminalidan 500ga yaqin odam evakuatsiya qilingan. Yong‘indan hech kim jabr ko‘rmagan. Aviareyslar parvozida to‘xtashlar bo‘lmagan, biroq ikkita reys yo‘lovchilariga yuk topshirishda uzilish yuza kelgan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in elektr tarmoqdagi nosozlik tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Tolmachevo xalqaro aeroporti Rossiyada yo‘lovchilar tashish bo‘yicha 6-o‘rinni egallaydi, bu aeroport 2014 yilda 3,95 mln dan ko‘proq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan.

Top