O‘zbekiston | 14:02 / 19.06.2015
1857
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston hukumati dori narxining oshishiga qarshi kurashadi

O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy mahsulotlar narx-navosini tushirish rejalashtirilmoqda. Buning uchun savdo korxonalari uchun maxsus ustamalar joriy qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining “Farmatsevtik faoliyatni hamda dori vositalari va tibbiy mahsulotlar narxlarini tartibga solish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi “Qonunchilik ta'sirini baholash tizimlari” saytida e'lon qilindi.
Hujjat matniga muvofiq, hukumat 2015 yil 1 avgustidan ulgurji savdo korxonalari uchun 10 foizlik, chakana savdo korxonalari uchun 20 foiz ustamalar joriy qiladi. Shuningdek, hujjatda barcha dorixona muassasalarida, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat'iy nazar, bo‘lishi talab qilinadigan minimal dori vositalari ro‘yxatini belgilab beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish