Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistondagi sakkiz yuzdan ortiq masjidlarda “xatmi Qur'on” o‘qilmoqda
O‘zbekistondagi barcha masjidlarida Ramazon oyiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, barcha masjidlarda ommaviy hashar tashkil qilinib, mo‘min-musulmonlarga har tomonlama sharoit yaratib berish uchun barcha imkoniyatlar ishga solindi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi, masjidlar bo‘limi ma'lum qilgan.

"17 iyun kuni Ramazonning ilk taroveh namozi o‘qildi. Shuningdek, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi sakkiz yuzdan ortiq masjidlarda “xatmi Qur'on” boshlandi.
Ularda mingdan ziyod xushovoz murattab qorilar xatm qilib berishmoqda. Hofizi kalom qorilar Qur'oni karim oyatlaridan yozning issiq kunlaridan toliqqan namozxonlarga malol kelmaygan darajada qiroat qilishmoqda. Namozxonlar bu yaratilgan sharoitlardan mamnun ekanligini bod-bod shukronalari bilan izhor qilishmoqda", deyiladi xabarda.