Jamiyat | 15:51 / 19.06.2015
2043
1 daqiqa o‘qiladi

Pragada kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan chexiyalik suratkashning ko‘rgazmasi o‘tkaziladi

2015 yilning 8 oktabr kuni Chexiya poytaxti Pragada asli O‘zbekistondan bo‘lgan suratkash Aliya Minibayevaning “Parda ortida” nomli ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tadi. Ushbu ko‘rgazma “Bolalar bolalarga ko‘maklashadi” xayriya loyihasi doirasida o‘tkaziladi. Undan ko‘rilgan daromad Zbraslavadagi Sharlotta Masarikovaning bolalar uyiga ehson qilinadi.

Ko‘rgazma Praga markazidagi Luvr galereyasida bo‘lib o‘tadi.
Chexiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining ma'lum qilishicha, ko‘rgazmada chexiyaliklarning bolalar bilan tushgan suratlari namoyish etiladi.
Loyihada Mixael Kuklov, Ivan Xilkov, Ivan Yireshov, Lutsiy Zednichkov, Simon Stashov hamda Chexiyaning boshqa taniqli shaxslari ishtirok etishi kutilmoqda.
Aliya Minibayeva Andijonda tug‘ilgan. Ayni kunlarda u Pragada istiqomat qilib keladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish