Jahon | 19:06 / 19.06.2015
6963
1 daqiqa o‘qiladi

Putin AQSh haqida: biz bilan ultimatum tili bilan gaplashish mumkin emas

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy anjumanida AQSh bilan munosabatlardagi muammolar haqida gapirib o‘tdi.

“Qayerda ijobiy natijalar, qayerda muammolar borligini tushuntirib beraman. Bizga muntazam ravishda o‘zga standartlarni suqishtirishga harakat qilishadi. Go‘yoki AQSh bizga nima kerakligini bizdan yaxshiroq biladigandek. Bizga madaniyatimiz, an'alarimizga suyangan holda nima qilishimiz kerakligini o‘zimizga qo‘yib beringlar”, deb aytdi Putin.

“AQSh “kim biz bilan bo‘lmasa, u bizga” qarshi qabilida o‘yin qiladi. Biz bilan bunday yo‘l tutib bo‘lmaydi. Biz bilan ultimatum tilida gaplashish mumkin emas”, deb o‘z so‘zlarini yakunladi Putin.