21:15 / 19.06.2015
3766

Putin Rossiya hukmron davlat maqomiga da'vo qilmasligini aytdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburg xalqaro iqtisodiy anjumanida Rossiya hukmron davlat maqomiga da'vo qilmasligini aytdi.

Putin Rossiya o‘nlab yillar davomida o‘z manfaatlari uchun kurashganini ma'lum qildi.

“Rossiya gegemonlik qilishga, hukmron davlat maqomiga da'vogarlik qilmaydi, biz hech kimga o‘z standartlarimizni suqmaymiz”, deb aytdi Putin.

Putin hamma bir-biriga hurmat bilan qarashi hamda birgalikda ishlashi, umumiy muammolarning yechimini birgalikda izlashi lozimligini qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top