Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Rossiya yadroviy qurolni tarqatmaslik bo‘yicha talablarga amal qilayotganini ma'lum qildi
Rossiya yadroviy qurolni tarqatmaslik bo‘yicha talablarga qat'iy amal qilmoqda, deb aytdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin MAGATE bosh direktori Yukiya Amano bilan uchrashuvi paytida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
“Yuqori texnologik sektorlardan biri bo‘lgan uranni boyitishda biz butun bozorning salmoqli 40 foizini egallamoqdamiz. Sizga yaxshi ma'lumki, biz yadroviy qurolni tarqatmaslik bo‘yicha barcha masalalarga amal qilamiz”, deb ta'kidladi Putin.
U o‘z navbatida, Rossiya MAGATEning yirik hamkori ekani, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan o‘tkazilgan muzokaralarni “juda qiziq” deb baholashini ma'lum qildi.
Avvalroq Rossiya va MAGATE past boyitilgan uranni tranzit qilish bo‘yicha kelishuv imzolaganlari ma'lum qilingandi.