Jahon | 12:07 / 19.06.2015
2124
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda oylik nafaqalar oshiriladi

2015 yilning 1 sentabridan Qirg‘izistonda nafaqalar oshiriladi. Bu haqda hukumatning “2015 yil 1 sentabrida nafaqalarning sug‘urta qismlarini oshirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasiga tayangan holda Qirg‘iziston telegraf agentligi xabar bermoqda.

Loyihaga binoan nafaqalarning sug‘urta qismini, erkaklarda umumiy sug‘urta staji 40 yildan, ayollarda esa 35 yildan oshiq bo‘lgan taqdirda, 500 somga oshirish taklif qilinmoqda. Birinchi guruh nogironlarining nafaqalari ham shu miqdorda oshiriladi.

Boshqa turdagi nafaqaxo‘rlarga beriladigan oylik to‘lovlariga 250 som qo‘shiladi.
Shu tariqa, sentabrga kelib Qirg‘izistonda nafaqaning o‘rtacha miqdori 4 817 somni tashkil qiladi. Ijtimoiy jamg‘armaning umumiy ehtiyojlari 845 mln ga tenglashadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish