Jamiyat | 21:39 / 19.06.2015
2726
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi sababchisi ashaddiy qoidabuzar bo‘lgani aniqlandi

Qozog‘istonda to‘rt kishining umriga zomin bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sababchisi Peugeot mikroavtobusi haydovchisi 33 yoshli Aleksandr Tixomirov yo‘l harakati qoidalarining ashaddiy qoidabuzari ekanligi ma'lum bo‘ldi. Bu haqda LifeNews kanali haydovchi yashaydigan Rossiyaning Chelyabinsk viloyatining Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasiga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda.

Rossiya Davlat avtoinspeksiyasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Tixomirov 2009–2015 yillar mobaynida 31 marta qonunni buzgani uchun jarimaga tortilgan. U sodir etgan qoidabuzarliklar orasida asosan tezlikni oshirish va yo‘l harakati paytida imtiyoz bermaslik kabi qoidabuzarliklar ko‘pni tashkil qilgan, shuningdek u yo‘lovchilarni o‘tkazib yuborishni va xavfsizlik kamarini taqishni yoqtirmagan.

Yo‘l-transport hodisasi Olma-ota-Yekaterinburg yo‘lining Qozog‘istondagi qismida sodir bo‘lgan. Politsiya bergan dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 16 yo‘lovchini olib ketayotgan mikroavtobus haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan. Oqibatda avtomobil to‘ntarilib ketib, 4 nafar yo‘lovchining halok bo‘lishiga va 13 kishining turli jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilishiga sabab bo‘lgan. Haydovchining o‘zi ham jarohatlangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish