12:09 / 19.06.2015
2772

Ronaldo Neymarning Kolumbiya bilan o‘yindagi harakati Braziliya terma jamosi futbolchisiga yarashmasligini aytdi

Yaqin o‘tmishning yulduz futbolchisi, braziliyalik Ronaldo Neymarning Amerika Kubogi vaqtida Kolumbiyaga qarshi o‘yindagi harakatini qoraladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘shanda Neymar hakamning hushtagidan keyin raqib futbolchisi Armeroga to‘pni qasddan qattiq tepgandi, yana bir futbolchi Karlos Bakka bilan dahanaki jangga kirishgandi. Natijada har ikkala futbolchi qizil kartochka olgan.

"Neymarning amalga oshirgan ishi umuman mantiqqa to‘g‘ri kelmaydi. U endilikda og‘ir damlarni boshdan kechirishga majbur bo‘ladi. Neymar atrofdagi voqealarga juda tajovvuzkor munosabatda bo‘lmoqda. Braziliya terma jamoasi libosini kiyganingda, bunday qilish yaramaydi", - deb fikr bildirdi Ronaldo.

Top