17:33 / 19.06.2015
2709

Toshkentda jamoat transportlari uchun to‘lov shakli avtomatlashtirilishi rejalashtirilmoqda

Toshkentda yo‘lovchi tashuvchi jamoat transportlari uchun to‘lov shakli avtomatlashtirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda review.uz nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, 2015 yilning 11 iyun kuni fransiyalik ishchi guruhining O‘zbekistonda tashrifi doirasida tashkil etilgan o‘zbek-fransuz biznes-forumida «Toshshahartransxizmat» AK vakili kompaniyaning yaqin orada mo‘ljallangan istiqbolli loyihalari taqdimotida bu tizim ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Yo‘l haqining avtomatlashtirilgan tizimi (YHAT) avtobuslarda yo‘lovchilar bilan yuzaga keladigan turli muammolar, yo‘l haqini to‘lashdan bosh tortish, soxta oylik yo‘l chiptalaridan foydalanishni oldini olishga yordam beradi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 9 oktabrdagi «Toshkent shahrida yo‘lovchi tashuvchi transportlarini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2048-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida amalga oshiriladi.

Top