23:07 / 19.06.2015
3494

WikiLeaks Saudiya Arabistoniga tegishli maxfiy telegrammalarni chop etdi

WikiLeaks tashkiloti Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi va qirollikning butun dunyo bo‘ylab elchixonalariga tegishli maxfiy telegrammalarni chop etishni boshladi.

“Saudiya telegrammalari” qo‘shnilariga ham xavf solayotgan borgan sari beqaror bo‘lib borayotgan yopiq diktaturaning asl qiyofasini oshkor qiladi”, deb aytdi WikiLeaks asoschisi Julian Assanj.

Qayd etilishicha, chop etilgan hujjatlar orasida Ar-Riyodning “o‘ta maxfiy” muhri ostidagi davlat tashkilotlarining hisobotlari ham bor. “Saudiya telegrammalari” loyihasi doirasida yaqin haftalarda o‘n minglab yangi hujjatlarni chop etish rejalashtirilmoqda.

Top