Jahon | 11:36 / 19.06.2015
2305
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda estakada yuk mashinalari kolonnasi og‘irligiga dosh berolmay qulab tushdi

Xitoyda estakadadan qum ortilgan yuk mashinalari kolonnasi o‘tib ketayotganda u qulab tushdi.

Oqibatda hosil bo‘lgan yoriqqa 4 ta avtomobil tushib ketdi hamda 1 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Xitoyning Sina portali.

Qayd etilishicha, estakada qum ortilgan yuk mashinalari kolonnasi og‘irligiga dosh berolmay qulab tushgan bo‘lishi mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish