Sport | 06:35 / 19.06.2015
1039
1 daqiqa o‘qiladi

"Yuventus" Manjukichni 18 mln yevro evaziga sotib oladi

Turinning "Yuventus" jamoasi "Atletiko"dan xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukichni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, "Yuventus" futbolchi uchun berilishi kerak bo‘lgan 18 mln yevroning 15 mln yevrolik qismini darhol to‘laydi. Yana 3 mln yevro esa Manjukichning o‘zini ko‘rsatishiga qarab, bonuslar sifatida beriladi.

Futbolchi bilan 2019 yilgacha shartnoma tuzilishi kutilmoqda.

Manjukich 22 iyun kuni Turinga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun boradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish