Jahon | 20:49 / 20.06.2015
7002
2 daqiqa o‘qiladi

Estoniya prezidenti Ukrainani tovlamachi o‘g‘riga qiyosladi

Estoniya prezidenti Toomas Xendrik Ilves Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lish huquqining tan olinishi talabi ustidan istehzoli kuldi, deb xabar bermoqda “Yevropeyskaya pravda” nashri.

“Bizga Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishimizga va'da bermaguningizga qadar islohotlar o‘tkazmaymiz, deb aytish o‘g‘ri bir bankka kirib, o‘zining chakkasiga to‘pponchani qo‘yib, “Menga pul bermasanglar, o‘zimni otib tashlayman” deydigan qandaydir bir filmdagi sahnani eslatib yubordi”, deb aytdi Ilves Bratislavada bo‘lib o‘tgan GLOBSEC xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan anjumanda.

Estoniya prezidenti bunday yo‘l tutishni kurakda turmaydigan ish deb aytdi. “Agar sizni YeIga taklif qilishmasa, siz o‘z davlatingizni qulatishingizga va'da berish – bu puch ishdir”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Ilves.

Ilves YeI uzoq vaqt davomida Estoniyaning ham YeIga a'zo sifatida tan olishdan bosh tortgani va bunga qaramay Estoniya YeIdan hech qanday va'dalar berilishini talab qilmaganini ta'kidlab o‘tdi.

“Bizlar hech qanday tan olishlarni talab qilmaganmiz, biz shunchaki ishlab, islohotlarni amalga oshirganmiz”, deb aytmoqda Ilves.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish