Jahon | 10:03 / 20.06.2015
1533
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada qoya qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

17 iyun kuni Indoneziyaning eng katta Yava orolidagi Sadranan plyajidagi 15 metrlik qoya qulashi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi va 11 kishi bedarak yo‘qoldi. Bu haqda Gunung-Gidul tumani politsiya boshlig‘i Jokyakarta Xariyanto ma'lum qildi.

“Jabrlanganlar qarindoshlarining arizalariga ko‘ra, hanuzgacha 11 kishi o‘z uyiga qaytmagan”, deb aytmoqda politsiyachi.

Qutqaruvchilar qoyaning vayronalarini hanuzgacha tozalashmoqda. Ayni damda vayronalar ostidan 7 kishi, jumladan 4 kishining jasadini chiqarib olishga muvaffaq bo‘lindi. Ikki nafar kishi shifoxonaga yuborildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish