Jahon | 10:07 / 20.06.2015
2664
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreyada MERS yuqtirish hollari to‘xtadi

Janubiy Koreya sog‘liqni saqlash vaziri oxirgi bir kun ichida MERS virusiga chalinish holatlari kuzatilmaganini ma'lum qildi.
Reuters agentligining xabar berishicha, oxirgi 16 kun ichida birinchi marta bir kun davomida yangi xastalar ro‘yxatga olinmagan. Vazirning fikricha, bu epidemiyaning avji o‘tib ketganidan dalolat beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish