11:54 / 20.06.2015
2203

Jizzax aloqa bo‘limi boshlig‘i 50 mln so‘mdan ortiqroq nafaqa pullarini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi

“O‘zbekiston pochtasi” OAJ Jizzax filialining Uchtepa pochta aloqa tarmog‘iga qarashli aloqa bo‘limi boshlig‘i Zokir Sherbekov katta miqdorda nafaqa pullarini o‘zlashtirib yuborgani aniqlandi.
“Huquq” nashrida keltirilishicha, u nafaqa pullarini o‘zlashtirib, olingan pullarni keyingi berilgan mablag‘ bilan yopib kelavergan. Pullar to‘liq tarqatilgani to‘g‘risida hisobotlar tuzib, pochta aloqa tarmog‘iga topshirib kelgan.
O‘tkazilgan tekshirishlar natijasida uning aybi bilan 51 mln so‘mdan ortiq kamomadga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
Sud hukmi bilan Sherbekovga tegishli jazo tayinlandi. Dastlabki tergov davomida aniqlangan zarar qoplandi.

Top