12:02 / 20.06.2015
1833

Mushuklarning qafaslarida geroin kontrabanda qilgan britaniyalik erkak 7 yilga qamaldi

Britaniyalik Skott Parker umumiy qiymati 2 mln dollarni tashkil qiladigan geroin partiyasini olib o‘tishda mushuklar uchun qafaslardan foydalanmoqchi bo‘ldi. Mirror gazetasining yozishicha, 19 iyun kuni London sudi uni kontrabanda uchun 7 yilga ozodlikdan mahrum qilgan.

43 yoshli Parker aviatransport bilan jonivorlarni tashish kompaniyasida ishlar edi. U Yoxannesburgdan Londonga kelishida qafaslar ichiga geroin yashirgan. Jinoyatchi Xitrou aeroportida qo‘lga olindi.
Qafaslardan jami 9 kg geroin moddasi topilgan. Mol 1.2 mln funtga (1.9 mln dollarga) baholandi.

Top