11:53 / 20.06.2015
3691

Navoiyda soxta Coca Cola ishlab chiqaruvchilari aniqlandi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida soxta Coca Cola va Fanta ichimliklarini tayyorlab sotgan tadbirkorlar jazoga tortildi.
“Huquq” gazetasining yozishicha, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan G‘. Mamatqulov va L. Mamatqulov soxta ichimliklar sotish bilan shug‘ullangan.
Do‘kon mijozlaridan biri ularning do‘konidan Coca Cola ichimligini sotib olgan. Ammo ichimlikning noxush ta'mini sezgan mijoz SVOJJDLQK departamentining Navbahor tuman bo‘limiga murojaat qilgan. Viloyat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazidan olingan xulosaga ko‘ra, mijoz tomonidan taqdim qilingan ichimliklar qo‘lbola usulda qadoqlangan bo‘lib, iste'mol uchun yaroqsiz va inson sog‘lig‘i uchun xavfli ekanligi aniqlangan. Shuningdek, do‘konda o‘tkazilgan tekshiruv natijasida kirim hujjati bo‘lmagan bir qancha oziq-ovqat mahsulotlari ham sotilayotgani ma'lum bo‘lgan.
Sud zalida Mamatqulovlar qilgan ishlaridan pushaymonliklarini bildirishdi.

Top