Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 14:37 / 20.06.2015
2618
1 daqiqa o‘qiladi
Nazarboyev Belarusning Xalqlar do‘stligi ordeni bilan taqdirlandi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Belarusning Xalqlar do‘stligi ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda Belarus prezidentining rasmiy sayti orqali axborot berildi.
“Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko Belarus va Qozog‘iston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning va strategik hamkorlikning rivojlanishiga qo‘shgan shaxsiy hissasi uchun Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyevni Xalqlar do‘stligi ordeni bilan taqdirladi”, – deyiladi xabarnomada.