10:56 / 20.06.2015
3991

Putin: Rossiya aktivlarning muzlatilishi noqonuniyligini sudda isbotlaydi

Rossiya belgilangan tartibda sud orqali o‘zining xorijdagi aktivlarining hibs qilinishi qonunga xilof ekanligini isbotlaydi. Bu haqda prezident Vladimir Putin Yetakchi jahon axborot agentligi rahbarlari bilan Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.
“Biz o‘z manfaatlarimiz himoya qilamiz”, – ta'kidlab o‘tdi Rossiya yetakchisi.
RIA Novosti agentligining eslatib o‘tishicha, gap Belgiya va Fransiya tomonidan Rossiyaning davlat aktivlari hibs etilishi haqida ketmoqda.
Putinning ishonishicha, bu muammoni hal qilish qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Top