Jahon | 15:05 / 20.06.2015
2820
1 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘iston va Ukraina prezidentlari Ostonada uchrashish haqida kelishib olishdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev ukrainalik hamkasbi Pyotr Poroshenko bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Oq O‘rda matbuot xizmati ma'lumot berdi.

Aytilishicha, suhbat davomida Poroshenko Ukraina Qozog‘istonning Xalqaro savdo tashkilotiga a'zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaganini ta'kidlab o‘tdi. Nazarboyev suhbatdoshiga minnatdorchilik bildirdi.

Ikki davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashdi. Shuningdek, Poroshenkoning Ostonaga tashrif buyurishi borasidagi tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish