Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada “O‘zbek diasporasi” a'zolari sudlandi
Rossiyaning Volgograd viloyatida faoliyat yuritgan “O‘zbek diasporasi” jamoat tashkilotining bir nechta a'zosi sudlandi.
Mahalliy matbuotda asli surxondaryolik Rossiya fuqarosi boshchiligidagi “O‘zbek vatandoshlari ittifoqi” tashkiloti jinoiy faoliyat bilan shug‘ullangani iddao qilinmoqda. Tashkilot prezidenti o‘rinbosari, asli xorazmlik Dilbar Jumaniyozova ayni paytda “O‘zbek diasporasi” tashkilotining ham faoli hisoblangan. “O‘zbek diasporasi”ga asli tojikistonlik, 1949 yili tug‘ilgan Holmatjon Komilov boshchilik qilgan.
Taxmin qilinishicha, tashkilotning Dilbar Jumaniyozova boshchiligidagi bir guruh xorazmlik va buxorolik faollari mahalliy “avtoritet” Yevgeniy Molodtsovskiy rahbarlik qilayotgan “Molodtsovskiye” jinoiy to‘dasi bilan sheriklikda haydovchilardan, savdogarlardan boj undirish, talonchilik singari jinoyatlar bilan shug‘ullanib kelgan.
“Bu shaxslar “O‘zbek diasporasi” tashkiloti niqobi ostida harakat qilib, vatandoshlariga yordam berish o‘rniga, ulardan turli yo‘llar bilan o‘lpon undirish bilan band bo‘lgan”, – deyiladi materialda.
Aytilishicha, ushbu “jinoiy tashkilot” 14 yildan buyon noqonuniy faoliyat amalga oshirib kelgan.