Sport | 10:07 / 20.06.2015
2464
2 daqiqa o‘qiladi

Tayson Fyuri Vladimir Klichko ustidan g‘alaba qozonishiga milliard foizga ishonchi komilligini aytdi

Britaniyalik o‘ta og‘ir vazn toifasida ishtirok etuvchi bokschi o‘zining navbatdagi raqibi ukrainalik bokschi, mutlaq jahon chempioni Vladimir Klichko ustidan g‘alaba qozonishga o‘zining imkoniyatlari baland deb hisoblashini aytdi. Bu haqda bokschi Daily Mail nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Mening Vladimir Klichko ustidan g‘alaba qozonishimga qanchalik ishonchim komil? Milliard foizga, cheksiz ko‘p miqdordagi foizga ishonchim komil. Men Derek Chisora bilan o‘ynab-o‘ynab g‘alaba qozonaman, u bilan jang oson kechadi deb aytgan edim va shunday bo‘lib chiqdi. Men nima desam, o‘sha bo‘ladi. Nimaga shunday bo‘ladi bilmaymanu, biroq bu bor narsa. Shuning uchun menga ishonishingiz mumkin – men Vladimirni 7-8-raundda nokautga uchrataman. U endi qarib qolgan va tez charchab qoladi, shuning uchun men uni aniq nokautga uchrataman”, deb aytmoqda Fyuri.

Ma'lumot uchun, Klichko – Fyuri jangi joriy yilning kuzida Germaniyada yoki Britaniyada bo‘lib o‘tadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish