Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkmanistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlar xalqaro shtrix-kodga ega bo‘ladi
Mahsulotni shtirx-kodlash bo‘yicha Turkmaniston milliy tashkiloti GS1 xalqaro tashkilotiga qabul qilindi. RIA Novosti agentligining ma'lum qilishicha, Turkmaniston mahsulotlariga xalqaro shtrix-kod berildi.
Bosh vazirning savdo va biznes masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Polvon Tag‘anov bu haqda hukumat yig‘ilishida ma'lumot bergan. Turkmanistonning talabnomasi GS1 tashkilotiga a'zo 111 mamlakat vakillari tomonidan Sidneydagi majlisda ma'qullangan.
Endi Turkmanistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlar 483 raqamlaridan boshlanuvchi shtrix-kod bilan belgilanadi.