10:31 / 21.06.2015
1423

Amerika Kubogi – 2015: Iguainning goli evaziga Argentinaga Yamayka ustidan g‘alaba qozondi

Amerika Kubogi-2015 da Argentina terma jamoasi guruh bosqichining Yamaykaga qarshi 3-o‘yinida raqib jamoa ustidan 1:0 hisobida minimal ustunlik bilan g‘alabaga erishdi hamda guruhda 1-o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘llanma oldi. Uchrashuvdagi yagona golni “Napoli” hujumchisi Gonsalo Iguain 11-daqiqada kiritdi. Argentina avvalgi ikki uchrashuvda Urugvay ustidan g‘alaba (1:0), Paragvay bilan esa durrang natija (2:2) qayd etgan edi. Terma jamoa safida o‘zining 100-o‘yinini o‘tkazgan Lionel Messi hech qanday samarali harakatlar bilan ajralmadi.
Argentina terma jamoasi Anxel Di Mariya uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchisi deb topildi. “Manchester Yunayted” yarimhimoyachisi uchrashuvda golli uzatma amalga oshirdi va o‘yinning 84-daqiqasida almashtirildi.

Top