11:45 / 21.06.2015
2667

Detroytdagi ziyofat otishma bilan yakunlandi

AQShning Detroyt shahridagi (Michigan shtati) kechalardan biri otishma bilan yakunlandi. Detroit Free Press nashrining xabar berishicha, buning natijasida bir kishi halok bo‘lgan, to‘qqiz kishi yaralangan.
Yoshlar basketbol maydonida bayram uyushtirayotgan paytda kelishmovchilik yuzaga kelgan, buning natijasida kechaning ayrim ishtirokchilari o‘qotar qurolni ishga solgan.
Politsiya hali voqea tafsilotlarini aniqlagani yo‘q.
Otishmada yaralanganlarning 3 nafari 26, 30 va 45 yoshli ayollardir.

Top