Jahon | 22:43 / 21.06.2015
657
2 daqiqa o‘qiladi

Makkeyn Ukrainaning NATOga qabul qilinishining rad etilishini katta xato deb atadi

AQSh Senatining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mitasi boshlig‘i Jon Makkeyn NATO 2008 yilda Ukrainaning tashkilotga integratsiya qilinishini rad etganini “NATO tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato edi”, deb atadi. Bu haqda “Yevropeyskaya pravda” nashri xabar bermoqda.
Bu haqda Makkeyn Slovakiyada bo‘lib o‘tayotgan xavfsizlik bo‘yicha GLOBSEC anjumanida aytib o‘tdi.
“O‘shanda Ukrainada ichki muammolar bo‘lganiga qaramasdan biz Ukrainani NATOga qabul qilishimiz kerak edi”, deb aytdi senator “NATO Ukrainani tashkilotning barcha a'zolarini kollektiv tarzda himoya qilishni kafolatlaydigan tashkilot nizomidagi 5-moddaga asosan himoyaga olishi kerakmidi?” degan savolga javoban.
Makkeynning aytishicha, bu xatoni hali ham tuzatsa bo‘ladi.
Avvalroq Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Bratislavada bo‘lib o‘tadigan Markaziy va Sharqiy Yevropaning eng yirik xavfsizlik anjumani GLOBSEC da ishtirok etmasligi ma'lum bo‘lgan edi. Qayd etilishicha, Ukraina prezidentining ismi 19 iyunda kechki payt anjuman ishtirokchilari ro‘yxatidan g‘oyib bo‘lgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish