22:57 / 21.06.2015
2027

Poroshenko maslahatchisi ukrainalik harbiylar yangi kiyim-bosh olishlarini ma'lum qildi

Ukraina harbiylari uchun yangi texnik shartlar bo‘yicha yaratilgan kiyim-boshlar keyingi haftadan yetkazib berila boshlanadi, deb yozmoqda “Ukrainskaya pravda” gazetasi.

Bu haqda Ukraina prezidenti maslahatchisi Yuriy Biryukov o‘zining feysbukdagi xabarida ma'lum qildi.

Avvalroq Kiyev Xalqaro valyuta jamg‘armasining kreditidan 3,8 mlrd dollarini qurol-aslaha uchun ishlatishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.

Ukraina XVJning kredit mablag‘larining birinchi transhini olgandan keyin mamlakat mudofaasiga sarf-xarajatlarni YaIMning 1,2 foizidan 5,1 foizigacha oshirdi. Shu tariqa 2015 yilda Kiyev 3,8 mlrd dollarlik qurol-aslaha sotib oladi, Mudofaa vazirligi 500 dan ortiq turdagi harbiy texnika va amunitsiyaga ega bo‘ladi.

Top