Jamiyat | 16:07 / 21.06.2015
3550
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan Qarshi shahrida “Ayollar maslahat markazi” ish boshladi.

– Markaz xotin-qizlarning huquqiy va tibbiy madaniyatini yuksaltirish, uy bekalarini turli ma'naviy-mafkuraviy xurujlardan asrash, murakkab vaziyatga tushib qolgan ayollarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi, – deydi markaz rahbari Oydin Anorova. – Xotin-qizlarga huquqiy, psixologik va tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun jamoatchilik asosida tegishli mutaxassislar jalb etildi. Ular xotin-qizlarning oilaviy sharoiti va muammolarini o‘rganish, ular bilan muloqot qilish, ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish va uslubiy yo‘llanma berish kabi ishlarni olib boradi. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish