Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligida Rossiyada “rangli inqiloblar” bo‘lishi real xavfi borligi aytilmoqda
Rossiya Mudofaa vazirligida Rossiyada “rangli inqiloblar” bo‘lishining real xavfi borligi va u uzoq davom etishi mumkinligi aytilmoqda, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.
Bu haqda Rossiya Qurolli kuchlari shaxsiy tarkibi bilan ishlash bosh boshqarmasining boshlig‘i, general-mayor Mixail Smislov “Russkaya slujba novostey” efirida aytib o‘tdi.
“Biz “rangli inqiloblar” kabi ko‘rinishlar paydo bo‘lganining guvohi bo‘lmoqdamiz, ular muayayn xavf solishini anglaymiz. Oxirgi vaqtlardagi voqealar bu xavflar real ekanligini va uzoq vaqt davom etishini ko‘rsatmoqda. Tabiiyki, bu xavflarni qanday qaytarishni bilish kerak”, deb aytdi Smislov.
May oyi oxirida Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anatoliy Antonov “g‘arb sxemasi bo‘yicha o‘tkazilgan Ukrainadagi “rangli inqilob” to‘g‘ridan-to‘g‘ri Rossiya manfaatlariga ta'sir qildi”, deb aytgan edi.