15:48 / 21.06.2015
1635

Turkmanistonda maxsus operatsiyalar davomida aniqlangan giyohvand moddalar yoqib yuborildi

20 iyun kuni Turkmanistonning Axal viloyatidagi Oqbug‘doy atrofida (tumanida) joylashgan Bog‘obod qishlog‘ida giyohvand moddalarni iste'mol qilish, tarqatish va noqonuniy sotishga qarshi kurash xalqaro kuni munosabati bilan maxsus tezkor tadbirlar davomida topilgan va musodara qilingan giyohvand moddalarni yoqish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkmaniston hukumatining sayti orqali axborot berildi.
Tadbir hukumat qoshidagi giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi komissiya hamda sog‘lom jamiyatni himoya qilish davlat xizmati tomonidan tashkil etildi. Unda huquq-tartibot idoralari rahbarlari, xalqaro tashkilotlar vakillari va OAV xodimlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida 200 kg giyohvand moddalar yoqib yuborildi.
Aktsiya boshlanishidan oldin ishtirokchilarga sellofan paketlarga solingan giyohvand moddalar namoyish etildi. Istagan odamga o‘z qo‘li bilan ushbu moddalar paketini maxsus o‘choqqa joylashtirish imkoni berildi. So‘ng o‘choqqa olov yoqildi.
Yoqish jarayonini huquq-tartibot strukturalarining ekspertlari nazorat qilib bordi.

Top