Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2030 yilga qadar Guliston shahrini qayta qurish rejasi qabul qilindi
O‘zbekiston hukumati qaroriga binoan Guliston shahridagi ta'mir va qurilish ishlari ko‘zda tutilgan bosh reja tasdiqlandi. Hujjatdan ko‘zlangan maqsad shaharni kompleks tarzda rivojlantirish, qurilish va shahar tuzilishining sifati va qulayligini oshirish, shuningdek, shahar infrastrukturasi va me'morchilik qiyofasini yaxshilashdir. U Guliston shahrini Sirdaryo viloyatining ma'muriy, madaniy va iqtisodiy markazi sifatida yanada rivojlantirishni ko‘zda tutadi.
2020 yilga qadar qurilishning birinchi navbati amalga oshiriladi. Bu davrga kelib shahar aholisi 125 ming kishini tashkil qiladi. 2030 yil oxiriga qadar bu ko‘rsatkich 140 ming kishiga teng bo‘ladi. Ayni paytda shaharda 84.7 ming kishi istiqomat qilmoqda. Shahar hududi 2009.4 ga, 2031 yili uning hududi 3553.54 ga gacha o‘sadi.
Bosh rejada ta'kidlanishicha, birinchi navbatda uy-joy fondi 2500.0 ming kv. m ni, 2031 yili esa 2940.0 ming kv. m ni tashkil qiladi. Ayni paytda bu ko‘rsatkich 1619.44 ming kv. km ga teng.
Maktabgacha bo‘lgan ta'lim muassasalardagi o‘rinlar miqdori 2020 yilda bugungi 4 363 dan 13.020 minggacha, 2030 yili esa 22.4 mingga yetadi.
Shifoxonalardagi o‘rinlar soni 2030 yil oxiriga qadar 3.23 mingtani tashkil qiladi (bugun – 1 345).
Shahar transporti yo‘llari 2020 yilda 61.85 km ni, 2030 yili 100.7 km ni tashkil qiladi. Yo‘lovchilar miqdori 2020 yili 31.9 mln kishini tashkil etsa, 2030 yilga kelib 40.6 mln kishiga yetadi.
Bugungi kunda shahar aholisi 131.2 mln kVt/soat elektr quvvati iste'mol qiladi. 2030 yili elektr quvvat iste'mol qilinishi ko‘rsatkichlari o‘sib, 304.7 mln kVt/soatni tashkil qiladi.