12:33 / 22.06.2015
1959

Afg‘onistonda parlament binosi oldida portlash sodir etildi

Afg‘oniston poytaxti Kobulda qo‘poruvchilik harakati amalga oshirildi. Reuters agentligining ma'lum qilishicha, parlament binosi oldida portlash sodir bo‘ldi.
Mahalliy televideniye orqali portlashdan so‘ng parlamentariylar binoni tark etayotgani qayd qilingan kadrlar namoyish qilingan.
Portlash sabablari aniqlanmagan. Surishtiruv ishlari boshlab yuborilgan.

Top