23:43 / 22.06.2015
4264

Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga Kapello bilan shartnomani bekor qilish uchun 300 mln rubl ajratadi


Tadbirkor Alisher Usmonov Rossiya futbol ittifoqiga Rossiya terma jamoasining bosh murabbiyi Fabio Kapello bilan uning maoshi bo‘yicha qarzni to‘lashga yordam beradi, deb xabar bermoqda RBK.

Usmonov 2015 yilning fevralida RFIga 400 mln rubl kredit bergan edi.

Usmonovning aytishicha, hozirda u yana 300 mln rubl ajratadi. Uning kompaniyasi RFI bilan homiylik shartnomasi tuzish imkoniyatini ishlab chiqmoqda. Homiy sifatida “Megafon” chiqishi mumkin.

Usmonov RFIga taqdim qiladigan umumiy pul RFIning Kapello oldidagi barcha qarzdorligini qoplaydi.

Kapello bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha keyingi muzokaralarni Rossiya Sport vaziri Vitaliy Mutko olib boradi.

Kapello shartnomasiga ko‘ra, shartnomaning bir tomonlama bekor qilinishi holatida RFI murabbiyga 21,6 mln yevro to‘lashi kerak bo‘ladi.

Biroq RFI vasiylaridan biri Kapello tavon puli sifatida bir yillik maoshidan ko‘proq pul olishi dargumonligini taxmin qildi: terma jamoa ko‘rsatayotgan past natijalar Rossiyaning sport sudida o‘z pozitsiyasini himoya qilishiga imkoniyatlarini oshiradi.

Top