Sport | 05:31 / 22.06.2015
1491
2 daqiqa o‘qiladi

Amerika Kubogi-2015: Braziliya "C" guruhida birinchi o‘rinni egalladi

22 iyun kuni Childa davom etayotgan 2015 yilgi Amerika Kubogi musobaqasining guruh bosqichi yakunlandi.
"C" guruhida Braziliya terma jamoasi 3 tur uchrashuvini Venesuelaga qarshi o‘tkazdi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘yinning ilk 10 daqiqaligidayoq Tiago Silva kiritgan gol braziliyaliklarga o‘yin davomida ustunlikda harakat qilish imkonini berdi. 51 daqiqada esa Firmino hisobni oshirdi. Miku tomonidan 84 daqiqada kiritilgan javob to‘pi natijaga deyarli ta'sir qilmadi.

Shu tariqa guruhda 6 ochko to‘plagan Braziliya birinchi o‘rinni egallagan holda keyingi bosqichga chiqdi. Venesuela esa 3 ochko bilan eng oxirgi o‘rinda qoldi.

Shu kuni o‘tkazilgan guruhning ikkinchi uchrashuvida, Kolumbiya va Peru o‘zaro durang o‘ynashdi va 4tadan ochko jamg‘argan holda guruhdan chiqishdi.

Braziliya – Venesuela 2:1
Gollar: 1:0 – 9 Tiago Silva, 2:0 – 51 Firmino, 2:1 – 84 Miku. 
Braziliya – Jyefferson, Dani Alves, Miranda, Tiago Silva, Filipe Luis, Firmino (David Luiz, 67), Villian, Koutino (Tardelli, 67), Fernandino, Elias, Robino (Markinos, 76).
Venesuela – Baroxa, Viskarrondo, Sichero, Rosales, Tunes, Rinkon, Seyxas (Martines, 46), Gerra (Miku, 72), Vargas (Gonsales, 46), Arango, Rondon.
Ogohlantirishlar:  Vargas (45), Seyxas (45), Tiago Silva (83), Tunes (88).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish