Sport | 05:51 / 22.06.2015
1292
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika Kubogi-2015: Kolumbiya va Peru o‘yinida hisob ochilmadi

22 iyun kuni 2015 yilgi Amerika Kubogi musobaqasining "C" guruhida 3 tur o‘yinlari o‘tkazildi.

Kolumbiya va Peru o‘rtasidagi uchrashuvda hisob ochilmadi. 0:0 hisobi orqali qo‘lga kiritilgan 1 ochko ikki jamoaning ham birgalikda keyingi bosqichga o‘tishini ta'minladi.

Endi keyingi bosqichda Peru Boliviya bilan o‘ynaydi. Kolumbiya esa Argentinaga to‘qnash keladi. Keyingi bosqich o‘yinlari 25 iyun kuni boshlanadi.

Kolumbiya – Peru 0:0
Kolumbiya – Ospina, Murilo, Armero (Ibarbo, 57), Sapata, Aryas, Kuadrado, Sanches, Valensiya (Mexiya, 24), Xames, Falkao (Martines, 66), Guterres.
Peru – Galese, Vargas, Advinkula, Sambrano, Sanches (Urtado, 81), Lobaton, Ballon, Askues, Kueva (Yotun, 90), Pisarro (Farfan, 56), Gerrero.
Ogohlantirishlar:  Sapata (8), Ballon (33), Sanches (64), Lobaton (79), Farfan (90).

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish