17:09 / 22.06.2015
1862

Apple bepul musiqa uchun Teylor Sviftga pul to‘lashga rozi bo‘ldi

Apple kompaniyasi Apple Music ilovasida qo‘shiqlaridan foydalanilgan xonandalarga pul to‘lanishini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya prezidenti o‘rinbosari Eddi Kyuga tayangan holda Reuters agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq xonanda Teylo Svift Apple’ga o‘zining “1989” albomini taqdim etishdan bosh tortgan edi, negaki kompaniya dastlab ilovaga ulanishning sinov muddatida qo‘shiq mualliflariga pul to‘lashni istamagan edi.
Sviftning fikricha, kompaniyaning bu qarori yosh ijodkorlarga og‘ir zarba bo‘lishi mumkin.

Top