Jahon | 06:47 / 22.06.2015
9317
3 daqiqa o‘qiladi

AQShlik yozuvchi Putinni Obamadan yaxshiroq deb atadi

AQShlik yozuvchi, siyosiy faol va radioboshlovchi Stiven Lendman Rossiya va AQSh yetakchilari Vladimir Putin va Barak Obamani bir-biri bilan taqqosladi. Jurnalist ulardan biri aytganini qiladigan, ikkinchisi esa g‘irt yolg‘onchi ekanini izohlab berdi. Bu haqda Russian Today xabar bermoqda.

Lendman o‘zining maqolasida bu ikki prezidentga bergan tavsifnomalariga asos keltirib o‘tdi.
“Obama barcha musulmonlarni Ramazon oyi bilan tabrikladi, biroq u ko‘p marta tkrorlagandek, agar u musulmonlar huquqlari haqida haqiqatda qayg‘urganda, u islom davlatlarini beqarorsizlantirishni va mamlakat ichida va uning tashqarisida islomga e'tiqod qiluvchilarni ta'qib qilishni bas qilgan bo‘lardi. U Eron yadroviy quroli dasturi deb ataluvchi masxarabozlikni bas qilgan bo‘lardi, chunki butun dunyo allaqachon bu dastur mavjud emasligini biladi”, deb yozmoqda yozuvchi.

AQSh prezidenti o‘zga davlatlarda birin-ketin siyosiy tartiblarni o‘zgartirishni bas qilishi kerak, deb ta'kidlaydi Lendman.
“Agar u haqiqatda samimiy bo‘lganida, Uoll-stritlik tovlamachilarni qamoqqa jo‘natgan bo‘lardi”, deb qo‘shimcha qiladi Lendman.

“Putin esa nima deyayotgani aniq tushunadi va tushungan narsasi haqida gapiradi. Uning uslubi – bu uning dangalligi. U aytgan so‘zini doim bajaradi. Obama esa uning to‘liq aksi: hech narsani ishonib bo‘lmaydigan davolab bo‘lmaydigan yolg‘onchi. U boshqa narsa haqida gapirib, tamoman boshqa narsani bajaradi”, demoqda yozuvchi.

Lendman shuningdek, Putinning Sankt-Peterburgdagi Xalqaro iqtisodiy anjumandagi nutqiga ham e'tiborni qaratdi. Yozuvchining fikricha, Putin barcha savollarga aniq va to‘liq javob berdi va uning Vashington “2.0 versiyadagi” sovuq urushni istayotgani haqidagi so‘zlari haqqoniy aytilgan.

Putin Oq uyni “AQSh o‘zining yadroviy qurol-aslahasi bilan qo‘rqitib, butun dunyoda qilayotgandek Rossiyaning ishiga yengiltaklik bilan aralashayotgani”ga yetarlicha asos keltirib berdi, deydi Lendman.

“Mamlakatni Vashingtondan boshqarayotgan aqlsizlarni hisobga oladigan bo‘lsak, Sharq va G‘arb bilan qarama-qarshilikning vujudga kelishi imkoniyati sovuq urush paytidagidan ham yuqoriroq qolmoqda”, deb o‘z maqolasini nihoyaladi yozuvchi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish