Sport | 10:20 / 22.06.2015
1261
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘onada an'anaviy taekvon-do bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati o‘tkaziladi

1 iyuldan 5 iyulga qadar Farg‘ona shahridagi Olimpiya zaxiralari kolleji majmuasida an'anaviy taekvon-do bo‘yicha Osiyo ochiq chempionati o‘tkaziladi.

Bu turnir O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda O‘zbekiston taekvon-do federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etiladi.

"Jahon" AA xabariga ko‘ra, bu turnirda ishtirok etish uchun AQSh, Ozarboyjon, Afg‘oniston, Bangladesh, Germaniya, Hindiston, Qozog‘iston, Nigeriya, Janubiy Koreya, Yaponiya kabi davlatlardan 289 nafar sportchi kelishi kutilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish