Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gapiradigan Barbi qo‘g‘irchog‘i ayg‘oqchilik quroliga aylanmoqda
AQSh OAVlari mamlakat maxsus xizmatlari oddiy odamlarning shaxsiy hayotlariga “aqlli” mahsulotlar vositasida tajovvuz qilayotganlaridan xavotirlanmoqda.
Inson ovozini taniy oladigan va yoza oladigan qurilmalar ishlab chiqarilishining o‘sishi bilan maxsus xizmatlarda bu qurilmalardan foydalanayotgan fuqarolarning xatti-harakatlarini kuzatish imkoniyati paydo bo‘ldi.
Gazetadagi maqolada jurnalist fuqarolarning shaxsiy hayotiga “aqlli” qurilmalar yordamida tajovvuz qilish xavfining ortib borayotgani va oddiy Barbi qo‘g‘irchog‘i o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatdi.
Ushbu ommalashgan qo‘g‘irchoqning oxirgi versiyasi Hello Barbie nomini oldi. Bu model unda mikrofon, ovoz karnaylari o‘rnatilgani bois bolaning savollariga javob bera oladi hamda Wi-Fi orqali internetga ulana olish imkoniyatiga ega. Bola qo‘g‘irchoqqa savol beradi, qo‘g‘irchoq ovozni matn ko‘rinishiga keltirib, internet orqali tegishli javobni topib, bolaga havola etadi. Jurnalist yozilgan ma'lumotlar darrov o‘chirilib yuborilishiga shubha bilan qaramoqda va olingan ma'lumotlarning muayyan bazaga uzatilishi imkoniyatini istisno etmayapti.
Business Insider nashrining ta'kidlashicha, shu tariqa smart-mahsulotlar foydalanuvchilari o‘zlari istamagan holda "ayg‘oqchilik jabrdiydasi”ga aylanishmoqda.