07:28 / 22.06.2015
5381

"IShID" jangarilari Palmiraning tarixiy qismini portlatishga tayyorlanmoqda

"IShID" jangarilari Suriyadagi Palmira shahrining qadimiy tarixiy qismi Tadmurni minalashtirishgan.

Jangarilar yaqindagina YuNeSKO Butunjahon merosi hisoblangan obidalarda bomba va minalar joylashtirgan.

Suriyadagi inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv guruhining xabar berishicha, jangarilar shu tariqa hukumat qo‘shinlarining hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Kuzatuv guruhi vakili Rami Abdulrahmonning aytishicha, Tadmur 21 iyun kuni minalashtirilgan, shuningdek miloddan avvalgi 2 asrga tegishli qadimiy rum teatri binosi atrofiga ham minalar qo‘yilgan.

Top