Sport | 21:45 / 22.06.2015
1604
1 daqiqa o‘qiladi

Jon Terri: Chex mavsumda “Arsenal”ga qo‘shimcha 12-15 ochko keltiradi

“Chelsi” himoyachisi Jon Terri jamoa darvozaboni Petr Chexning “Arsenal” o‘tishi ehtimoli haqida o‘zining fikrini bildirdi.

“Agar “Arsenal” Chexni olishga erishsa, unda Chex jamoa tarkibini kuchaytiradi. U jamoa uchun mavsumda qo‘shimcha 12-15 ochkoni saqlab qoladi.

Agar Chex “Chelsi”ni tark etsa, bizga bunga ko‘nikish juda qiyin bo‘ladi. Hech kim Chex ketishini istamayapti, biroq biz uni o‘ynashni xohlayotganini tushunib turibmiz”, deb aytdi Terri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish