11:58 / 22.06.2015
1871

Litva Ukrainaga qurol yetkazib berganini inkor qildi

Litva bosh vaziri Algirdas Butkyavichyus Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berilgani haqidagi axborotni inkor qildi. Interfaks agentligining yozishicha, bosh vazir ushbu masala davlat mudofaa kengashida ko‘rib chiqilishi talab qilinadi.
Ilgariroq Litvaning Ukrainadagi elchisi Mariyus Yanukonis rasmiy Vilnyus qurol yetkazib berishni rejalashtirayotgani haqida fikr bildirgandi. Bosh vazir uning so‘zlarini izohlab o‘tdi.
“Yaqin orada bunday yig‘ilish qilinmadi. Rahbariyatdan hech kim kengashning qarorisiz bunday ishni amalga oshira olmaydi”, – ta'kidlab o‘tdi Butkyavichyus.

Top