09:37 / 22.06.2015
2048

Manjukich uchinchi marta oldingi mavsumda YeChL finalida mag‘lub bo‘lgan jamoaga o‘tmoqda

Yaqin vaqt ichida xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukichning "Yuventus" jamoasiga o‘tgani haqida rasman ma'lum qilinadi.
Shu tariqa, ushbu 29 yoshli futbolchi uchinchi marta ketma-ket oldingi mavsumni YeChL finalidagi omadsizlik bilan yakunlagan jamoa safiga borib qo‘shiladi.

Eslatib o‘tamiz, Manjukich 2012 yilda "Bavariya"ga ("Volfsburg"dan), 2014 yilda "Bavariya"dan "Atletiko"ga kelishidan oldin bu jamoalar YeChL finallarida "Chelsi" va "Real"dan mag‘lub bo‘lishgandi. Yakunlangan mavsumda esa uning yangi jamoasi "Yuventus" "Barselona"ga YeChLning final uchrashuvini boy berdi.

Manjukich Turinda tibbiy ko‘rikdan o‘tib bo‘lgan, unga yangi jamoada yiliga 3,5 mln yevrolik maosh tayinlangan. Futbolchini transfer qilish uchun "Yuventus" "Atletiko"ga 18 mln yevro to‘lagan.

Top